Skip to content

Kirish

Patterns.uz — bu kuchli va samarali veb-ilovalarni yaratishda design patterns, render va ishlash andozalari (performance patterns) bo‘yicha bepul onlayn manba. Sayt vanilla JavaScript yoki zamonaviy freymvorklar yordamida web ilovalarni loyihalash va optimallashtirishda sizga yordam beradi.

Bu resursda siz turli xil patternslarni topasiz: ular dasturiy ta’minotda tez-tez uchraydigan muammolarga optimallashtirilgan yechimlarni taqdim etadi, va sizning loyihangizni yanada samarali, o‘qilishi oson va kengaytiriladigan qiladi.

So‘nggi yillarda web development ekotizimi juda tez rivojlandi: eski mashhur design patterns ba’zan eskirgan bo‘lishi mumkin, boshqalari esa yangi texnologiyalar va freymvorklar yordamida yangilanib, zamonaviy muammolarni hal qilish imkonini beradi. Masalan, React va uning Hooks tizimi orqali siz an’anaviy patternlarni yanada zamonaviy va funksional yondashuv bilan ishlata olasiz.

Patterns.uz sizga:

  • ES2015+ va zamonaviy JavaScript bilan ishlash

  • React, Vue kabi freymvorklarga mos design patternsni qo‘llash

  • Ilovalaringizning performansini oshirish va optimallashtirish

  • Zamonaviy web ilovalarni yaratishda eng yaxshi amaliyotlarni o‘rganish

…barcha bu imkoniyatlarni taqdim etadi. Shu bilan, siz o‘z loyihalaringizni puxta, samarali va kengaytiriladigan tarzda yaratishingiz mumkin.